Biz kimmiz

Birgalikda o’samiz

Hamkorlarimiz bilan birgalikda biz yanada muvaffaqiyatli kelajak sari qadam qo’ydik. Biz nafaqat ekin mahsulotini, balki uni yetishtiruvchi dehkonlarning ham farovonligini oshirish va rivojlantirish maqsadida zarur bo’lgan chora-tadbirlarni amalga oshiramiz. Bizning asosiy vazifamiz – insonlar va hamkorliklar, meva va sabzavotlarning farovonligini oshirish va yanada rivojlantirish bo’yicha yuqori natijalarga erishishdir. Bu borada, kompaniyamizning yuz yillik tajribasi, uning bilimi va malakasi ulkan poydevor vositasida xizmat qiladi.

Dunyoning koʻplab mamlakatlarida xodimlarimizning faoliyat yuritishi va chinakam global hamjamiyatni hosil qilgani bois, boshqa mahalliy manfaatdor jamiyatning buguni va kelajagiga jiddiy ta’sir ko’rsata olamiz. Biz o’z vazifamizga mas’uliyat bilan yondashamiz va har bir urug’, har bir inson va hamkorlar qanchalik muhim ekanligini yaxshi bilamiz.

Bizning tariximiz

Biz dehkonlar farovoligini oshirishga zamin yaratadigan yuqori sifatli urugʻlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan global kompaniyamiz. Jan Broersen Niderlandiyaning Tuitjenhorn shahridagi mahalliy dehkonlarga ilk bor karam urug’ini sotishni boshlaganiga yuz yildan ortiq vaqt o’tdi. Bir necha yildan so’ng uning kompaniyasi o’z faoliyatini Seedfarm Zwaan kompaniyasi bilan birlashtirdi. Soʻng, 1939-yilda boshqa kompaniya – kibbuts anʼanasiga koʻra asos solinib, Hazera-Israel kooperativi sifatida avlodlar osha Isroil qishloq xoʻjaligiga hayot baxsh etib keldi.

Bugungi kunda, biz Hazera kompaniyasi sifatida faoliyat yuritib, bir asrdan ortiq tajribaga asoslangan holda, barcha hamkorlarimizga sifati yuqori urugʻ yetkazib berish uchun bevosita ishlab chiqaruvchilar bilan birga ishlaymiz. Bizning mazali, toʻyimli meva va sabzavotlarimiz dunyo boʻylab koʻplab odamlar tomonidan sevib isteʼmol qilinadi.

Hamkorlar bilan yelkama-yelka turib ishlash

Hazera urug’chilik kompaniyasi dunyo sanoatida peshqadam hisoblanadi. Hazera kompaniyasining asosiy Bosh ofislari Niderlandiya va Isroilda joylashgan. Tashkilotning 11 mamlakatda filiali va 130 dan ortiq bozorda xizmat koʻrsatuvchi tarqatish tarmoqlari mavjud. Kompaniya xodimlari turli iqlim va sharoitda, bozor talablariga javob beradigan turli xil ekinlar yetishtiradi. Asrdan ortiq vaqt mobaynida ushbu birlashmaning asosiy maqsadi – turli xil yuqori sifatli, bozorbop, stress va kasalliklarga chidamli urug’ navlarini yaratish bo’lib kelgan. Hazera kompaniyasining mutaxassislari va ishlab chiqaruvchilari dehkonlarning ehtiyojlarini baholash, nav tanlash jarayonida yordam berish va ekin ekish jarayonida yoʻl-yoʻriq va koʻmak ko’rsatish uchun ular bilan yelkama-yelka ishlab kelmoqda.

Innovatsiyalar asri

Biz yetakchi xalqaro tadqiqot institutlari bilan bevosita hamkorlik qilamiz. Dunyo boʻylab mavjud bo’lgan mijozlarimizni rag’batlantirish istagida, biz yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqaramiz. Shu maqsadda, hamkorlarimiz bilan birgalikda eng soʻnggi ilmiy tadqiqotlardan foydalanamiz.

Limagrain Group qismi

Hazera – Limagrain Group kompaniyasi, Fransiyaning xalqaro fermerlar birlashmasining bir bo’lagi hisoblanadi. Mijozlar ehtiyojlarini amaliy jihatdan tushuna olgan Limagrain Group Yevropada sabzavotlar, dala va don ekinlari boʻyicha eng yirik urugʻchilik kompaniyasi hisoblanadi. Limagrain Groupning sabzavot urugʻchiligi tarmog’i dunyo sanoatida eng yirik urug’ ta’minotchisi hisoblanadi.