Bizning muvaffaqiyatlarimiz

Meet our successful varieties

Muvaffaqiyatimiz kaliti

Yuz yildan ortiq vaqt mobaynida biz Hazera isteʼmolchilariga nafaqat urugʻlar, balki mazali, toʻyimli boʻlib yetilgan meva va sabzovotlar ham taqdim etdik. Biz butun dunyo boʻylab mavjud bo’lgan hamkorlarimiz bilan yaqindan aloqada bo’lib, bizning mahsulotimizni yetishtirishda hamma mijozlarimizga yordam beramiz. Yillar davomida doimiy ravishda hamkorlarimizning ehtiyojlariga javob beradigan istiqbolli urugʻ navlarini yaratib kelmoqdamiz. Biz muammolardan sira qochmaymiz, chunki biz ichki salohiyatga egamiz. Bu yondashuv ekinlarimiz hamma joyda asosiy mahsulotga aylanganini koʻrsatdi.

Uzoq muddat saqlanadigan birinchi pomidordan tortib cherri pomidorlarigacha, eng yaxshi hosil beradigan piyozdan eng uzoq saqlanadigan urug’larni yaratdik

Bularning barchasini yaratish davomida biz ishonchga asoslangan kuchli hamkorlik aloqalariga suyanganmiz. Hamkorlarimiz – ishlab chiqaruvchilar, riteylerlar, tadqiqotchilar va isteʼmolchilar. Birgalikda biz yaratmoqchi bo’lgan urug’larni ishlab chiqish uchun ijodkorona va innovatsion fikrlashga sodiq qolamiz. Bular biz bosib oʻtgan asosiy bosqichlarning baʼzilari:

1978: Galia – shakli, rangi, taʼmi yoki hidini yoʻqotmagan yangi turdagi yuqori hosildor qovun (ARO bilan hamkorlikda)
1992: Daniela – saqlash muddati uzoq boʻlgan birinchi pomidor (Ibroniy universiteti bilan hamkorlikda)
1999: Donsiz mini tarvuz – saqlash muddati uzoq boʻlgan birinchi mini tarvuz
2003: Oqbosh karam – uzoq muddat saqlash mumkin boʻlgan birinchi oqbosh karam
2008: Piyoz – uzoq muddat saqlanish va yuqori hosilning ideal kombinatsiyasi
2013: Tinty – birinchi qizil boshli karam
2018: Qizil Bryussel karamlari – yangi rang segmenti

 

Bizning hamkorlarimiz 

Ekinlarimiz portfeli hamkorlarimiz roʻyxati kabi turlicha ekani tasodif emas. Hazerada biz taklif qiladigan urugʻlarimiz turi kabi sifati ham yaxshiligini bilamiz. Bizning yechimlarimiz hamkorlarimizda ishlaydigan boʻlsa, biz oʻz ishimizni bajarayotgan boʻlamiz.

Shu sababli biz hamkorlarimiz bilan bogʻlanib, ularning ehtiyojlarini oʻrganib chiqishga har doim tayyor boʻlgan mutaxassislar jamoasiga egamiz. Biz har bir munosabatda bilim, sadoqat va yordamimizni ayamaymiz. Biz toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot, maxsus tadqiqot va sifatni sertifikatlash orqali rivojlanishni takomillashtiramiz.
Agrotexnik mutaxassislar jamoasi ehtiyojlarni baholash, turli tanlovlarga yordam berish va ekin ekishning butun davrida yoʻl-yoʻriq koʻrsatish bilan faol shugʻullanadi. Ular buni tasdiqlaydigan malakalarga ega:

  • Xodimlarimizning 1/3 qismi tadqiqot va ishlab chiqarishda faol ishtirok etishadi.
  • Yillik aylanmamizning 20% bevosita tadqiqot va ishlab chiqarishga yoʻnaltiriladi.
  • Dunyo boʻylab 8 ta naslchilik stansiyasini qoʻllab-quvvatlaymiz.
  • 4 ta tadqiqot va ishlab chiqarish markazimiz bor.

 

Sifat kafolati

Ishlab chiqaruvchilarga yuboradigan har bir urugʻ qatʼiy xalqaro standartlarga javob berishini taʼminlash uchun mukammal tekshiruvdan oʻtkaziladi. Urugʻlarimiz unib chiqish boʻyicha eng yuqori standartga javob beradi va ISTA protokoliga amal qiladi. Urugʻlar xalqaro protokollarga (ISTA, ISHI, ISF va NSHS) muvofiq keng qamrovli salomatlik tekshiruvlaridan oʻtadi. Hazera alohida uchta xalqaro akkreditatsiya standartiga (ISO 17025, ISO 9001 va NAL) javob beradi.