Innovatsiyalar asri

Hazera kompaniyasi yetakchi xalqaro tadqiqot institutlari bilan bevosita hamkorlik qilgan holda, dunyo bo'ylab mavjud bo'lgan mijozlarini rag'batlantirish maqsadida, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishda eng so'nggi ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarni samarali qo'llaydi.



Ichki tadqiqot va izlanishlar jarayonlari - eng yuqori sifat standartlariga muvofiq, jumladan, ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) va NAL (Milliy qishloq xo'jaligi ilmiy laboratoriyasi)bilan sertifikatlangan maxsus laboratoriyalar va markazlarda amalga oshiriladi. Tadqiqot va izlanishlar laboratoriyalari quyidagilarni o'z ichiga oladi: Genotiplash markazi, Hujayra biologiyasi va Fitopatologiya.



Hazera ishlab chiqaruvchilar, o'simlik yetishtiruvchilar, riteylerlar, ishlov beruvchilar va isteʼmolchilarni rag'batlantirish uchun uzoqni ko’zlab ish yuritadi. Buning uchun kompaniya bozor talabini oldindan bilib, shu bilan birga bozor mutaxassislari va yetakchi foydalanuvchilar hamkorligida ish olib boradi. U bozorbop naslchilik va tadqiqotga kuchli yoʻnaltirilgan. Yuqori hosildorlik, tez unuvchanlik, zararkunandalar, stress va kasalliklarga chidamlilik, shuningdek, jozibadorlik – bularning barchasi bitta urug'da jamlangan bo'lib, Hazera kompaniyasining ishlanmasidir. Urug' navini ishlab chiqish ko'p vaqt talab qilgani sababli bozor trendlarini bashorat qilish, oldindan bilish ushbu kompaniyaning muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi.



Jadal sur’atda bozorga chiqish
Hazerada yangi sabzavot navlarini yaratish an'anaviy naslchilik usullariga asoslangan. Ushbu asosiy jarayonlar yangi mahsulotni bozorga chiqarish vaqtini qisqartiradigan naslchilik usullarini ishlab chiqish orqali takomillashib boriladi. Olimlarimiz barcha asosiy fanlar, jumladan, fitopatologiya, fiziologiya, biokimyo, hujayra biologiyasi, genetika, bioinformatika va ilmiy hisob-kitob uchun EHMdan foydalangan holda o'z tajribalariga tayangan holda, Hazera naslchilik taraqqiyotini ilgari surib kelmoqda. Naslchilik samaradorligini oshirish maqsadida Hazera DNK sekvenirlash, fenotiplash sohalaridagi eng so'nggi naslchilik usullaridan keng foydalanadi.

Global miqyosdagi o’rnimiz


Global miqyosda, Hazera o'zining to'rtta ilmiy-tadqiqot markazi va asosiy qishloq xoʻjaligi va bogʻdorchilik hududlarida joylashgan 8 ta naslchilik stantsiyasiga ega. Bu esa Hazerada yaratilayotgan navlarning mahalliy va mintaqaviy atrof-muhit sharoitlariga va yetishtirish amaliyotiga moslashishini ta'minlab, bozorga chiqarilishidan oldin ularning samaradorligini har tomonlama baholash imkonini beradi. Kompaniyaning ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy taraqqiyotga o’z hissasini qo’shish uchun turli naslchilik uslublarini yaratuvchilar bilan, jumladan, tadqiqot institutlari va universitetlari bilan hamkorlik qiladi va ular bilan birgalikda turli xil loyihalarda ishtirok etadi. Bundan tashqari, dunyodagi eng yirik urug'chilik kompaniyalaridan biri Limagrain Group a'zosi sifatida Hazera o'zining butun dunyo bo'ylab ilmiy-tadqiqot tarmog'i va texnologik imkoniyatlaridan keng foydalanadi.