2022 yil 19 maydan boshlab Ofer Peleg Hazera kompaniyasi bosh direktorining yangi o’rinbosari sifatida faoliyat olib bormoqda. U savdo, ta’minot zanjiri, AT (axborot texnologiyalari) va ishlab chiqarish faoliyatini yuritadi. Ofer shunday deydi: «Bizda Hazerada ajoyib DNK bor va yaxshi integratsiyalashgan kompaniya bo’lish, shuningdek, istiqbolli va ishonchli g’oyalarni amalga oshirish uchun bir qacha imkoniyat va salohiyat mavjud».
Ofer ellik yoshda, u Tel-Aviv yaqinida rafiqasi va 21, 18 va 13 yoshli farzandlari bilan birgalikda yashaydi. U bir nechta ilg’or kompaniyalarning turli madaniyatli va dinamik o’suvchan muhitlarida ishlab tajriba orttirgan. “Men farmatsevtika sohasida sanoat muhandisi sifatida ish boshladim va u yerda yigirma yilga yaqin ishladim. Isroilning dori-darmon ishlab chiqarish sohasidagi jahon yetakchisi bo‘lgan Teva Pharmaceuticals kompaniyasida men ilmiy-tadqiqot va operatsion faoliyat sohasida turli lavozimlarda ishlab keldim va mening so‘nggi vazifam Yevropadagi uchta yirik korxonani boshqarish bo‘ldi. Ushbu lavozimda ishlash uchun men oilam bilan ikki yilga Amsterdam shahriga ko‘chib o‘tdim. Shundan so’ng, men Hindistonning global Sun pharmaceuticals farmatsevtika kompaniyasida Global ta’minot zanjiri bo‘yicha Vitse-Prezident lavozimida ishladim. So‘nggi to‘rt yil davomida men sug‘orish tizimi faoliyatida jahon yetakchisi bo‘lgan Netafim kompaniyasida Global ta’minot zanjiri bo‘yicha Vitse-Prezident lavozimida ish olib bordim. “Netafim kompaniyasida men fermerlarga o‘z hosillaridan ham miqdoriy, ham sifat jihatdan maksimal darajada foyda olishlariga yordam bergan holda Hazera kompaniyasidagi kabi mijozlar va asosiy maqsadlarga e’tibor qaratdim.”
Talab qilinganidan ham ortiq bajarish
“Meni Hazera kompaniyasida ham, Limagrain kompaniyasida ham juda iliq kutib olishdi. Bu yerda, hamkorlikning kuchli tuyg’usi bor va men uchratgan odamlar o‘z kasblaridan zavqlanadi va g‘ayratga to‘ladirlar, ular mijozlarimizga xizmat qilish uchun barcha mumkin bo‘lgan ishlarni bajarishga tayyor. Ular buni amalga oshirish orqali zaminda yashash uchun qulay joyga o’zgartirayotganini bilishadi. Hazera kompaniyasida ish boshlaganimdan ko’p vaqt o‘tmay, Pragadagi har yili o’tkaziladigan Limagrain konferentsiyasida ko’plab hamkasblarim bilan uchrashish baxtiga muyassar bo’ldim.
Marafon poygasi
“Men bu yerda katta nou-xau va ajoyib professionalizm borligini angladim, – deydi Ofer, – ammo raqobatchilarimiz bizni kutishmaydi, shuning uchun, biz epchil, moslashuvchan va sifatga e’tiborimizni kuchaytirishimiz kerak. Biz bir daqiqaga ham to‘xtab tura olmaymiz; biz marafon musobaqasida yugurayapmiz va birinchi bo‘lib yetib kelishni xohlaymiz. Shuningdek, yaxshi integratsiyalashgan kompaniya bo‘lish, hamda istiqbolli va ishonchli g’oyalarni amalga oshirish imkoniyatiga egamiz.”
Ishlash uslubi
“Biz butun dunyo bo‘ylab urug‘lar ishlab chiqaramiz. Qanday qilib buni imkon qadar samarali qilishimiz mumkin? Bizning eng maqbul vazifamiz nima? Qanday qilib zahiralarimizni kengaytiramiz? Qanday qilib imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz mumkin? Oldingi lavozimlarimda men bunday savollarga javob berishga yordam berdim. Men o’z tajribamni baham ko’rishni va Hazeraga o’z hissamni qo’shishni juda xohlayman».